UFC engil vazn toifasidagi reytingda 2-o'rinda turuvchi, Armaniston va Rossiya sharafini himoya qilayotgan Arman Tsarukyan AQShning Sent-Luis shahrida (Missuri shtati) o'tkazilgan RAF-10 turnirida UFC sobiq jangchisi Toni Fergyuson bilan kuch sinashdi.
Jang armanistonlik sportchining 2-raundda muddatidan oldin 10:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Arman uchun bu jang RAF ligasi doirasidagi 7-bellashuv bo'ldi, Toni Fergyuson esa ushbu ligada ilk bor ishtirok etdi.
Tsarukyan MMAda so'nggi marta 2025 yil noyabr oyida oktagonga chiqqan bo'lib, o'shanda u yangi zelandiyalik Den Xukerni 2-raundda taslim qilgandi.
Fergyuson esa 2024 yil avgust oyidan buyon jang qilmagan. O'shanda u amerikalik Maykl Kyezaga birinchi raundning o'zidayoq muddatidan oldin mag'lub bo'lgandi.