2026 yildagi jahon chempionatida D guruhi 1-tur bahslar yakuniga yetdi.
Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Avstraliya milliy jamoasi Turkiyaga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi. Ikki golga Irankunda va Metkalf mualliflik qildi.
Eslatib o'tamiz, ushbu guruhdagi ilk bellashuvda AQSh Paragvayni 4:1 hisobida mag'lub etgandi.
JCH-2026. D guruhi. 1-tur
14 iyun. Vankuver. «BC Place»
Avstraliya — Turkiya 2:0
Gollar: Irankunda 27, Metkalf 75.
Avstraliya — Rayan, Souttar, Sirkati, Burgess, Italiano, Irwin, O'Nill, Bos, Irankunda, Ture, Metkalf.
Turkiya — Chaqir, Chelik, Bardakchi, Demiral, Kadiu'gli, Yuksek, Chalxon'u'gli, Yilmaz, Guler, Kokchu, Akturk'o'gli.