Live
2
O'zbek

De la Fuente: «JCHda 8-10 ta jamoa g‘oliblik uchun da’vogarlik qilmoqda»

Futbol
13 iyun, 12:00
Ispaniya bosh murabbiyi o‘z jamoasini asosiy favorit deb hisoblamayotganini aytdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
De la Fuente: «JCHda 8-10 ta jamoa g‘oliblik uchun da’vogarlik qilmoqda»
Foto: Getty Images

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Jahon chempionati oldidan favorit maqomi haqida fikr bildirdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, favorit sifatida ko‘rsatilish jamoaga hech qanday ustunlik bermaydi.

«Yo‘q, albatta yo‘q. Favorit bo‘lish nimani anglatadi? Bu shunchaki chetdan aytilayotgan fikrlar.

Agar samimiy gapiradigan bo‘lsam, biz Fransiya, Braziliya yoki Argentina milliy jamoalaridan ko‘ra ko‘proq g‘oliblikka da’vogarmizmi?» — dedi de la Fuente.

Murabbiy Ispaniyaning Yevropa chempioni ekanini eslatib o‘tar ekan, mundialning o‘ziga xos jihatlariga ham to‘xtaldi.

«Albatta, biz Yevropa chempionimiz. Ammo amaldagi jahon chempioni — Argentina. Yevro finalida biz Angliyani mag‘lub etgandik, biroq har qanday jamoa finalda g‘alaba qozonishi mumkin.

Shu sababli favoritlar qatoriga Angliya va Niderlandiyani ham qo‘shish mumkin», — deya ta’kidladi mutaxassis.

De la Fuentening fikricha, JCH-2026da kamida 8-10 ta jamoa bosh sovrin uchun kurash olib boradi.

«Turnirda juda ko‘p kuchli jamoalar bor. Portugaliya, Afrika milliy jamoalari va boshqa terma jamoalar ham g‘oliblikka da’vogarlik qilmoqda.

Ispaniyami? Albatta. Lekin bu biz albatta g‘alaba qozonamiz degani emas. Ba’zan raqibdan kuchliroq bo‘lsangiz ham mag‘lub bo‘lishingiz mumkin.

Biz o‘z kuchimizni his qilamiz va turnirda g‘olib chiqishga qodir ekanimizni bilamiz. Favorit bo‘lish yaxshi, ammo futbolda har qanday natija yuz berishi mumkin», — dedi Ispaniya bosh murabbiyi.

Ma’lumot uchun, Ispaniya milliy jamoasi JCH-2026 guruh bosqichida Kabo-Verde, Urugvay va Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
Bugungi yangiliklar