Live
1
O'zbek

Karimov va Abdullayev mashg'ulotlarga qaytdi, Masharipov, G'aniyev esa yo'q

Futbol
13 iyun, 13:23
G'aniyev, Masharipov, Alijonov va Hamrobekov esa jamoaviy mashg'ulotlarda ko'rinish bermayapti.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Karimov va Abdullayev mashg'ulotlarga qaytdi, Masharipov, G'aniyev esa yo'q
Фото: ЎФА

O'zbekiston milliy jamoasi jahon chempionati 1-turidan o'rin olgan Kolumbiyaga qarshi bahsga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

O'FA matbuot xizmati xabar berishicha, Niderlandiyaga qarshi bahsda ishtirok etmagan Behruz Karimov va Abdulla Abdullayev umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytgan.

Odil Hamrobekov, Aziz G'aniyev, Jaloliddin Masharipov, Hojiakbar Alijonov esa jamoaviy mashg'ulotlarda ko'rinish bermayapti. Avvalroq italiyaliklar mutaxassislar bu futbolchilar bilan alohida shug'ullanayotgandi.

Eslatib o'tamiz, 18 iyun kuni milliy jamoamiz Kolumbiyaga qarshi bellashadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Bugungi yangiliklar