Fransiya milliy jamoasi hujumchisi va sardori Kilian Mbappe bosh murabbiy Didiye Deshamning ishiga yuksak baho berdi.
Ma’lumot uchun, Desham 2012-yildan buyon milliy jamoani boshqarmoqda.
Jahon chempionati yakunlangach, mutaxassis o‘z lavozimini tark etishi kutilmoqda.
«2012-yil jamoaga kelgach, u ichki tartibni o‘rnatdi. Og‘ir davrdan keyin odamlarda yana milliy jamoaga mehr uyg‘onishida Desham o‘ta muhim rol o‘ynadi. Bugun esa odamlar o‘zgarishlarni istamoqda, ularni tushunaman. Biroq ba’zilar Deshamning Fransiya uchun qilgan ishlarini qadrsizlantirishga urinayotgani meni ranjitmoqda. Nazarimda, odamlar milliy jamoada shunday murabbiy borligi bilan qanchalik omadi chopganini tushuna olishmayapti», - deya Mbappe so‘zlaridan iqtibos keltirdi L’Équipe.