Bugun
7
O'zbek

Yamal Ispaniya milliy jamoasi mashg'ulotlariga qaytdi – Romano

Futbol
11 iyun, 14:31
Futbolchiga 15-20 daqiqa maydonda harakat qilish imkoniyati berilishi mumkin.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Yamal Ispaniya milliy jamoasi mashg'ulotlariga qaytdi – Romano
Фото: Getty Images

«Barselona» va Ispaniya milliy jamoasi vingeri Lamin Yamal mashg'ulotlarga qaytdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 18 yoshli futbolchi jahon chempionatidagi dastlabki tur o'yinida ishtirok etishi mumkin.

Xabar qilinishicha, Yamal o'ynash ishtiyoqiga to'la va o'zini ajoyib his qilmoqda. Futbolchiga 15-20 daqiqa maydonda harakat qilish imkoniyati berilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya milliy jamoasi turnirdagi birinchi o'yinini 15 iyun kuni Kabo-Verdega qarshi o'tkazadi. Shuningdek, guruhda Saudiya Arabistoni va Urugvay ham o'rin olgan.

Ma'lumot uchun, amaldagi jahon chempioni Argentina milliy jamoasi hisoblanadi.

Bugungi yangiliklar