Bugun
7
O'zbek

Sebalyos «Betis»ga qaytishi mumkin

Futbol
16 iyun, 08:10
«Real» yarimhimoyachisi yozda jamoani tark etishga yaqin turibdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Sebalyos «Betis»ga qaytishi mumkin
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Dani Sebalyos yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Diario AS nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 29 yoshli futbolchining xizmatlariga uning sobiq klubi — «Betis» qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, Sebalyosning o‘zi ham ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida Madridni tark etishni istamoqda.

«Real» rahbariyati ham ispaniyalik futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor va transferni imkon qadar tezroq yakunlashni rejalashtirmoqda. Klub ushbu savdodan tushadigan mablag‘ni kelajakdagi transferlar uchun yo‘naltirishi mumkin.

2025/26 yilgi mavsumda Sebalyos barcha musobaqalarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq gol yoki assist qayd eta olmadi.

Yarimhimoyachining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 7 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Sebalyos 2017 yilda aynan «Betis»dan «Real» safiga kelib qo‘shilgan edi. Endilikda uning Sevilya klubiga qaytishi ehtimoli tobora ortib bormoqda.

Bugungi yangiliklar