Live
2
O'zbek

Angissa «Napoli»ni tark etishga tayyor

Futbol
16 iyun, 08:57
Kamerunlik yarimhimoyachi faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Angissa «Napoli»ni tark etishga tayyor
Foto: Getty Images

«Napoli» yarimhimoyachisi Andre-Frank Zambo Angissa yozgi transfer oynasida jamoani tark etishga tayyor. Bu haqda calcionapoli1926.it nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, neapolliklar bosh murabbiyligiga Massimiliano Allegri kelishi kutilayotgan bo‘lsa-da, bu holat kamerunlik futbolchining qarorini o‘zgartirmagan.

Qayd etilishicha, Angissaga Yevropaning nufuzli chempionatlaridan bir qator takliflar kelib tushgan va u faoliyatida yangi bosqichni boshlashni istamoqda.

«Napoli» rahbariyati esa futbolchining ehtimoliy ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uning o‘rniga asosiy nomzod sifatida Adrien Rabyo tilga olinmoqda.

Fransiyalik yarimhimoyachi avvalroq aynan Allegri qo‘l ostida «Yuventus»da muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan. Shu sababli murabbiyning yangi jamoasiga ergashishi ehtimoli yuqori baholanmoqda.

Bundan tashqari, «Flamengo» futbolchisi Everton Arauxo ham nomzodlar qatoridan joy olgan. Braziliyalik yarimhimoyachining o‘yin uslubi Angissanikiga o‘xshash ekani ta’kidlanmoqda.

Andre-Frank Zambo Angissa so‘nggi yillarda «Napoli»ning markaziy yarimhimoyasidagi asosiy futbolchilardan biri bo‘lib, jamoaning muvaffaqiyatlarida muhim rol o‘ynab kelmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
Bugungi yangiliklar