Live
2
O'zbek

«Inter» Kertis Jons uchun ilk taklifini yubordi

Futbol
16 iyun, 09:56
Milan klubi «Liverpul» yarimhimoyachisini qo‘lga kiritmoqchi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Inter» Kertis Jons uchun ilk taklifini yubordi
Foto: Getty Images

Milaning «Inter» klubi «Liverpul» yarimhimoyachisi Kertis Jons transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda Football Italia nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «neradzurrilar» 25 yoshli futbolchi uchun ingliz klubiga 20 million yevrolik ilk rasmiy taklifni yuborgan.

Biroq «Liverpul» rahbariyati ushbu summani yetarli deb hisoblamayapti. Mersisayd klubi o‘z tarbiyalanuvchisini 30 million yevroga baholamoqda.

Qayd etilishicha, «Inter»ning Jonsga qiziqishi yangi emas. Milanliklar futbolchini yanvar oyidayoq o‘z safiga qo‘shib olishga uringan, endi esa muzokaralarni qayta boshlagan.

«Inter» transferni yangi mavsum boshlanishidan oldin yakunlashni maqsad qilgan.

Kertis Jonsning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar amal qiladi. Shu bilan birga, futbolchining o‘zi ham faoliyatini Italiyada davom ettirish ehtimolini inkor etmayapti.

Milan klubi kelishuvga erishish uchun yaqin kunlarda taklif miqdorini oshirishi mumkin. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar