Angliya milliy jamoasi vingeri Bukayo Saka jahon chempionati-2026 guruh bosqichining birinchi turida, 17 iyun kuni, Xorvatiyaga qarshi bahsda maydonga tushishga tayyor.
«Futbolchilar uchun bu eng katta tavakkal, ayniqsa sen optimal sport formasida bo‘lmasang. Senda tanlov bo‘ladi: yoki o‘ynamay, barchasini chetdan kuzatasan, yoki maydonda o‘zingni ko‘rsatishga urinasan, muhimi, odamlar senga bir xil baho berishadi. Aslini olganda, ochiq aytadigan bo‘lsak, sen o‘zingni qanday his qilayotganingni ularga qizig‘i yo‘q. Ular sen maydonga tushishingni va natija ko‘rsatishingni kutishadi.
Men tavakkal qilishga tayyorman. Shu yo‘sinda davom etaman. Hozir o‘zimni martdagidan yaxshiroq his qilyapman va ishlashga tayyorman», - deya Saka so‘zlaridan iqtibos keltirdi The Sun.
Ma’lumot uchun, navbatdagi bahs Saka uchun milliy jamoa safidagi 50-o‘yin bo‘ladi.