Live
3
O'zbek

Pashalich Xorvatiyaning JCH-2026dagi imkoniyatlarini baholadi: «Bizda yoshlik va tajriba uyg‘unligi bor»

Futbol
14 iyun, 12:04
Xorvatiyalik yarimhimoyachi jamoa yana yirik natijalarga erishishiga ishonmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Pashalich Xorvatiyaning JCH-2026dagi imkoniyatlarini baholadi: «Bizda yoshlik va tajriba uyg‘unligi bor»
Foto: Getty Images
17.06.2026, 16:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Angliya Angliya - : - Xorvatiya Xorvatiya

Xorvatiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Mario Pashalich JCH-2026 oldidan jamoasining imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

«Biz qiyin guruhdan joy olganmiz, ammo kuchli obro‘ va katta tajriba bilan kelyapmiz. Jamoamizda yoshlik va tajriba o‘rtasida yaxshi muvozanat bor. Yosh futbolchilar o‘z imkoniyatlaridan foydalandi va tarkibda o‘z o‘rnini topdi», — dedi Pashalich.

«Atalanta» futbolchisi Xorvatiya avvalgi mundiallardagi natijalarini takrorlay olishiga umid bildirdi.

«O‘tmishda erishgan natijalarimizni takrorlashimizga ishonaman», — deya qo‘shimcha qildi u.

Pashalich Angliyaga qarshi bo‘lajak bahs haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

«Himoyadagi harakatlar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Jamoa ixcham o‘ynashi va himoya bilan hujum o‘rtasidagi masofani qisqartirishi kerak. To‘p bizda bo‘lganida esa hujumda xavf yaratish uchun yetarli sifatga egamiz», — dedi yarimhimoyachi.

Xorvatiya JCH-2026 guruh bosqichida Angliya, Gana va Panama milliy jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Zlatko Dalich shogirdlari mundialga yaxshi kayfiyatda yetib kelishdi — jamoa turnir oldidan Sloveniyani 2:1 hisobida mag‘lub etgan va aynan g‘alaba goliga Pashalich mualliflik qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Xorvatiya so‘nggi ikki jahon chempionatida yuqori natijalar qayd etgan: 2018 yilda kumush, 2022 yilda esa bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Tarkibda Luka Modrich boshchiligidagi tajribali futbolchilar bilan bir qatorda yosh iste’dodlar ham mavjudligi jamoaning asosiy ustunliklaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Xorvatiya Xorvatiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar