34 yoshli amaldagi UFC chempioni, 77 kg vazn toifasida rossiyalik Islom Maxachev o‘zining navbatdagi jangini iyul oyidayoq o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi.
«Shunday bo‘ladiki, sen jimsan, lekin ular gapiraveradi, gapiraveradi va gapiraveradi. Va odamlar ularga ishonishni boshlaydi! UFCda unday emaski, sen xohlading va darhol keyingi turnirda jang tashkillashtiriladi. U aytadi: «Jangni qabul qil». Men qabul qilaman, lekin shartnoma yo‘q! Nimani qabul qilaman, o‘zi? Men shunday javob berdim, menga shartnomani yuborishsin. Menda hech qanday jarohat yo‘q. Qo‘limdagi eski jarohat bor, ammo uni faoliyatim tugaganidan so‘ng operatsiya qildiraman. Hozir bu janglarni buzish uchun sabab emas. Tayyorman, shartnomani yuboring. Hozir men yig‘indaman, iyul oyida jangga tayyor bo‘laman. Biroq hozircha shartnoma yo‘q — ehtimol, bu Ian Garri yoki Morales bo‘lishi mumkin. Buni men hal qilmayman va tanlamayman», — dedi Maxachev Red Corner MMA YouTube kanaliga intervyusida.