Live
2
O'zbek

Proliga. «Olimpik Mobiuz» safarda «Yaypan» darvozasiga 6 ta gol urdi

Futbol
14 iyun, 12:24
10-turdan o‘rin olgan bahsda mehmonlar safarda yirik hisobda g'alabaga erishdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Proliga. «Olimpik Mobiuz» safarda «Yaypan» darvozasiga 6 ta gol urdi
Foto: proligauzb
14.06.2026 FT Pro Liga Yaypan Yaypan 1 : 6 Olimpik Mobiuz Olimpik Mobiuz

Bellashuv mehmonlarning to‘liq ustunligida o‘tdi va yakunda 6:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlandi.

Hisob 22-daqiqada Zayniddin Hamraboyev tomonidan ochildi. Ikkinchi bo‘limda Saidxon Hamidov dubl qayd etib, jamoasining ustunligini mustahkamladi. 64-daqiqada mezbonlar futbolchisi Mirshavkat Miryoqubov qizil kartochka olib maydonni tark etdi va oradan ikki daqiqa o‘tib Abdushukur Mahamatov penaltidan unumli foydalandi.

Shundan so‘ng Begis Kuanishbayev ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Mezbonlar safida Asatilla G‘ayratillayev bitta javob golini urgan bo‘lsa, Saidxon Hamidov uchinchi golini kiritib, xet-trik muallifiga aylandi.

Mazkur natijadan so‘ng «Olimpik Mobiuz» ochkolari sonini 12 taga yetkazib, turnir jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarildi. «Yaypan» esa 13 ochko bilan 8-pog‘onada qoldi.

Proliga. 10-tur
Yaypan - Olimpik Mobiuz 1:6

Gollar: Hamraboyev, 22 (0:1), Hamidov, 52 (0:2), Hamidov, 61 (0:3), Mahamatov, 66-pen (0:4), Kuanishbayev, 81 (0:5), G‘ayratillayev, 82 (1:5), Hamidov, 83 (1:6).
Chetlatish: Mirshavkat Miryoqubov, 64 («Yaypan»).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yaypan Yaypan
  • Olimpik Mobiuz Olimpik Mobiuz
  • Pro Liga Pro Liga
Bugungi yangiliklar