Bugun
7
O'zbek

Germaniya 12 yil ichida ilk bor pley-offga chiqa oladimi? Advokat rekord o'rnatadi. E guruhi haqida

Futbol
14 iyun, 11:49
Germaniya 12 yil ichida ilk bor pley-offga chiqa oladimi? Advokat rekord o'rnatadi. E guruhi haqida
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Germaniya 12 yil ichida ilk bor pley-offga chiqa oladimi? Advokat rekord o'rnatadi. E guruhi haqida
Фото: Getty Images

Jahon chempionati ishtirokchilarini tanishtirishda davom etamiz. Aslida E guruhi — jahon chempionatidagi eng qiziqarli guruhlardan biri. Bu yerda chempionlikka da'vogar Germaniya bor. Ekvador va Kot-d'Ivuar o'rtasida pley-offga chiqish uchun kurash, shuningdek, kuzatish qiziq bo'lgan ekzotik Kurasao bor.

Germaniya

Bosh murabbiy: Nemislarni hozirda 38 yoshli Yulian Nagelsmann boshqarmoqda. "Bavariya"ning sobiq murabbiyi Xansi Flikning omadsiz davridan so'ng 2023 yilda milliy jamoani qabul qilib oldi. Yevro-2024 da nemislar chorakfinalda to'xtab, bo'lajak chempion ispanlarga qo'shimcha vaqtda imkoniyatni boy berishdi. O'yin jihatidan bundestim turnirdagi eng yorqin jamoalardan biri edi. Nagelsmann bilan shartnoma 2028 yilgacha uzaytirilgani ajablanarli emas.

Chunki u juda tizimli murabbiy. Uning qo'l ostida Germaniya top-klubni eslatadi: qisqa kombinatsiyalar, pressing va soxta pozitsiyalar.

Yulduz: Germaniya milliy jamoasida avlodlar almashinuvi yuz berdi. O'tmish yulduzlari: Toni Kroos, Ilkay Gundogan va Tomas Myuller ketdi. Avvalgi davrning yagona vakili sifatida kutilmaganda qaytgan "Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer qolmoqda. U Yevro-2024 dan so'ng milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashini e'lon qilgandi. Jamoaning asosiy darvozaboni buni uzoq kutgan Mark-Andre ter Stegen bo'lishi taxmin qilingandi. Ammo bir qator jarohatlar "Barselona" darvozabonini uzoq muddatga safdan chiqardi, shu sababli u turnirga borish uchun kerakli formani tiklay olmadi. Yoshlardan "Liverpul"ning hujumkor yarimhimoyachisi Florian Verts, "Bavariya"dan Jamol Musiala, shuningdek, "Arsenal" hujumchisi Kay Xaverts ajralib turadi.

Tarkib:
Darvozabonlar: Oliver Baumann ("Xoffenhaym"), Manuel Noyer ("Bavariya"), Aleksander Nyubel ("Shtutgart")

Himoyachilar: Valdemar Anton ("Borussiya D"), Nataniel Braun ("Ayntraxt"), Joshua Kimmix ("Bavariya"), David Raum ("Leyptsig"), Antonio Ryudiger ("Real"), Niko Shlotterbek ("Borussiya D"), Jonatan Ta ("Bavariya"), Malik Tiav ("Nyukasl")

Yarimhimoyachilar: Paskal Gross ("Brayton"), Feliks Nmecha ("Borussiya D"), Aleksandar Pavlovich ("Bavariya"), Angelo Stiller ("Shtutgart"), Nadim Amiri ("Maynts"), Leon Goretska ("Bavariya"), Lennart Karl ("Bavariya"), Jeymi Leveling ("Shtutgart"), Jamol Musiala ("Bavariya"), Leroy Sane ("Galatasaroy"), Florian Verts ("Liverpul")

Hujumchilar: Maksimilian Bayer ("Borussiya D"), Kay Xaverts ("Arsenal"), Deniz Undav ("Shtutgart"), Nik Voltemade ("Nyukasl")

Chempionlikni qo'lga kiritish ehtimoli (Opta talqiniga ko'ra): 5,1 foiz

Kot-d'Ivuar

2026 World Cup: Ivory Coast placed in competitive Group E with Germany

Bosh murabbiy: Emers Faning hikoyasi kinoga o'xshaydi. U jamoani 2023 yilgi Afrika millatlar kubogi vaqtida, fransuz Jan-Lui Gasse ishdan bo'shatilganidan so'ng qabul qilib oldi. Milliy jamoa juda katta qiyinchilik bilan uchinchi o'rindan pley-offga chiqdi va dahshatli o'yin ko'rsatdi, biroq Fan uni chempionlikka olib keldi

Fan atletizm, tezlik, qarshi hujumlar va vertikal yugurishlarga tayanadi. Bu esa hozircha ish bermoqda: kot-d'ivuarlar raqib ularga bo'sh joy qoldirganda, ikkinchi raqam sifatida o'ynab, juda xavfli bo'lishadi.

Ivory Coast hope to avoid upset against Seychelles - The Ghanaian Chronicle

Yulduz: Kot-d'Ivuar tarkibining chuqurligi hayratlantradi: jamoada deyarli har bir pozitsiyada sifatli variantlar mavjud. Kuchli markazda "Barselona"ning sobiq futbolchisi, hozirda "Al Ahli" sharafini himoya qilayotgan Frank Kessie o'ynaydi. Hujumda "Leyptsig" a'zosi Yan Diomande bor. Vinger Bundesligada ajoyib mavsum o'tkazdi va endi uni "Liverpul" kabi top-klublar o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bundan tashqari, Fan ixtiyorida Amad Diallo, Simon Adingra, Nikola Pepe, Evann Gessan va Eli Vai kabi futbolchilar bor.

Tarkib:
Darvozabonlar: Yahyo Fofana (Rizespor), Muhammad Kone (Sharlerua), Alban Lafon (Nant);

Himoyachilar: Emmanuel Agbadu (Vulverxempton), Klemen Akpa (Oser), Usmon Diomande (Sporting), Gela Due (Strasbur), Gislan Konan (Jil Visente), Odilon Kossohnu (Atalanta), Evan Ndika (Roma), Vilfrid Singo (Galatasaroy).

Yarimhimoyachilar: Seko Fofana (Portu), Parfe Giagon (Sharlerua), Krist Inao Oulay (Trabzonspor), Frank Kessie (Al Ahli Jidda), Ibrohim Sangare (Nottingxem Forest), Jan Mishel Seri (Maribor);

Hujumchilar: Simon Adingra (Sanderlend), Ange-Yoan Bonni (Inter), Amad Diallo (Manchester Yunayted), Umar Diakite (Reyms), Yan Diomande (Leyptsig), Evan Gessan (Aston Villa), Nikola Pepe (Vilyarreal), Bazumana Ture (Xoffenhaym), Ele Vahi (Nitsa).

Chempionlikni qo'lga kiritish ehtimoli (Opta): 0,2 foiz.

Kurasao

Bosh murabbiy: Jamoani 78 yoshli Dik Advokat boshqarmoqda. U tarixiy natijaga erishdi — turnir tarixidagi aholisi eng kam mamlakatni jahon chempionatiga olib chiqdi (orol aholisi — taxminan 155 ming kishi).

Kurasao Niderlandiya Qirolligi tarkibiga kiradi. Tarixan, orollik o'yinchilar yoki ularning avlodlari "uchar gollandlar" safida to'p tepishgan. Advokatning kelishi bilan jarayon teskari tomonga ketdi:

Kurasao ildizlariga ega gollandlar fuqaroligini o'zgartira boshladilar.

Jahon chempionatiga chiqqandan so'ng Advokat ketgan, ammo turnir oldidan qaytib keldi. Bu pul bilan bog'liq emas. Xabarlarga ko'ra, Advokat oyiga sakkiz ming yevro oladi va bu maoshni uch nafar yordamchisi bilan bo'lishadi.

Yulduz: Kurasoda kimnidir yulduz deb atash qiyin, ammo eng ko'zga ko'ringan o'yinchilar Leandro Bakuna va Tohit Chong bo'lsa kerak.
Bakuna — yarimhimoyachi, sardor va jamoa yetakchisi, standart vaziyatlar uchun mas'ul. Hozirda u Turkiya birinchi ligasining "Igdir" klubida o'ynamoqda, ammo avval 10 yil davomida turli ingliz klublari, jumladan, "Aston Villa" sharafini himoya qilgan. Chong — "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi, ko'pchilik uning yorqin soch turmagini eslasa kerak. Milliy jamoada vinger asosiy hujumkor kuch hisoblanadi.

Tarkib:
Darvozabonlar: Tirik Bodak ("Telstar"), Trevor Dornbyus ("Venlo"), Eloy Rom ("Mayami");

Himoyachilar: Rixedli Bazur ("Konyaspor"), Joshua Brenet ("Kayserispor"), Roson van Eyma ("Valveyk"), Sherel Floranus ("Zvolle"), Deveron Fonvil (NEK), Yurien Gari ("Abha"), Armando Obispo (PSV), Shurandi Sambo ("Sparta" Rotterdam), Leandro Bakuna ("Igdir"), Livano Kommenentsiya ("Tsyurix"), Tires Noslin ("Telstar");

Yarimhimoyachilar: Juninio Bakuna ("Volendam"), Kevin Felida ("Den Box"), Godfrid Rumeratu ("Valveyk"), Tohit Chong ("Sheffild Yunayted"), Kenji Gorre ("Makkabi" Hayfa), Sontje Hansen ("Midlsbro"), Jervayn Kastaner ("Persis Solo"), Brendley Kuvvas ("Volendam"), Yurgen Lokadiya ("Mayami");

Hujumchilar: Ariyanni Marta ("Roterxem"), Jeremi Antonisse ("Kifisiya"), Jarl Margarita ("Vasland-Beveren").

Chempionlikni qo'lga kiritish ehtimoli (Opta versiyasiga ko'ra): .0 foiz

Ekvador

Bosh murabbiy: 2024 yildan beri jamoani avvalroq "Elche"da ishlagan Sebastyan Bekkases boshqarmoqda. Argentinlik mutaxassis jamoaning eng yaxshi jihatlarini — jahon darajasidagi himoyachilarning mavjudligini yuzaga chiqarmoqda. Mundial saralashida Ekvador 18 o'yinda atigi beshta gol o'tkazib yubordi va faqatgina Argentinaga imkoniyatni boy berib, ikkinchi o'rinni egalladi.

Bekkases jamoasi atletik, kuchli va tezkor, lekin eng muhimi — intizomga ega, bu esa hatto eng kuchli raqiblarga ham ko'plab vaziyatlar yaratishga imkon bermaydi. Biroq buning o'z bahosi bor. Ekvadorning hujumdagi o'yini muammosiz emas, jamoa juda ko'p gol urmaydi.

Yulduz: Ekvadorda asosiy yulduz — Moyzes Kaysedo. "Chelsi"ning tayanch yarimhimoyachisi o'z pozitsiyasida dunyoning eng yaxshilaridan biri sanaladi. Bu yerda "PSJ" safida Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi bo'lgan Vilyan Pacho ham bor. Shuningdek, uning o'tgan YECHL finalidagi raqibi, "Arsenal" himoyachisi Pero Inkapiye va "Milan" lateralisi Pervis Estupinyan ham bor.

Jahon chempionatlarida oltita gol urgani bilan mashhur bo'lgan Ekvador hujumchisi Enner Valensiyani eslasangiz kerak. Hozirda u 36 yoshda, eng yaxshi davri ortda qolgan, u Braziliyaning "Internasional" klubida o'ynaydi, ammo unga hali ham ishonishadi. Valensiyada o'z gollari kolleksiyasini to'ldirish imkoniyati bor.

Tarkib:
Darvozabonlar: Ernan Galindes ("Urakan"), Moyses Ramires ("Kifisiya"), Gonsalo Valie ("LDU Kito").

Himoyachilar: Vilyan Pacho ("PSJ"), Piero Inkapiye ("Arsenal"), Xoel Ordonez ("Bryugge"), Feliks Torres ("Internasional"), Pervis Estupinyan ("Milan"), Yaymar Medina ("Genk"), Anxelo Presiado ("Atletiko Mineyro"), Jekson Poroso ("Tixuana").

Yarimhimoyachilar: Alan Minda ("Atletiko Mineyro"), Moyzes Kaysedo ("Chelsi"), Xordi Alsivar ("Independente"), Denil Kastilo ("Midtyulland"), Jon Yeboa ("Venesia"), Alan Franko ("Atletiko Mineyro"), Pedro Vite ("Pumas"), Kendri Paes ("River Pleyt"), Nilson Angulo ("Sanderlend"), Gonsalo Plata ("Flamengo").

Hujumchilar: Kevin Rodriges ("Union Sen-Jiluaz"), Entoni Valensiya ("Antverpen"), Enner Valensiya ("Pachuca"), Xordi Kaysedo ("Urakan"), Jeremi Arevalo ("Shtutgart")

Chempionlikni qo'lga kiritish ehtimoli (Opta versiyasiga ko'ra): 1,4 foiz.

E guruhi o'yinlar taqvimi
1-tur

14 iyun, soat 22:00. (Toshkent vaqti bilan)
Germaniya – Kurasao

15 iyunga o‘tar kechasi, soat 04:00
Kot-D’Ivuar – Ekvador

2-tur
21 iyunga o‘tar kechasi, soat 01:00
Germaniya - Kot-D’Ivuar

21 iyun, soat 05:00
Ekvador – Kurasao

3-tur
26 iyunga o‘tar kechasi, soat 01:00
Kurasao - Kot-D’Ivuar

Ekvador – Germaniya

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar