"Al Hilol" hujumchisi Darvin Nunes klubni tark etishga yaqin. Bu haqda Carve Deportiva nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, futbolchi shartnomasini bekor qilib, erkin agent sifatida "Liverpul"ga qaytishi mumkin. U Angliya grandini 53 million yevro evaziga tark etgandi.
Yakunlangan mavsum Darvin "Al Hilol" safida 24 ta o'yinda ishtirok etib, 9 ta gol va 5 ta assist qayd etdi. 2025/2026 yilgi mavsum yakuniga ko'ra, "Liverpul" 60 ochko bilan APL turnir jadvalida 5-o'rinni egalladi.
Avvalroq "Al Hilol" Benzema transferidan so'ng Nunes va yana bir legionerni Saudiya ligasi uchun qaydnomadan chiqarib yuborgani ma'lum qilingandi.