Braziliya milliy jamoasi vingeri Neymar Junior jahon chempionati guruh bosqichi 2-tur doirasidagi Haiti bilan o'yinni ham o'tkazib yuboradi. Bu haqda jurnalist Raisa Simplisio xabar berdi.
Futbolchi hali ham jarohatidan to'liq tiklanmagan, ammo uning tiklanish jarayoni reja asosida davom etmoqda. Braziliya va Haiti o'rtasidagi bellashuv esa 20 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Avvalroq Neymar turnir doirasidagi Marokashga qarshi ilk bahsni (1:1) ham o'tkazib yuborgandi. 34 yoshli braziliyalik futbolchi jarohati sabab 1 oydan beri maydonga tushmayapti.