"Nyukasl" yarimhimoyachisi Sandro Tonali "Tottenhem" qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Londonliklar italiyalik futbolchi uchun kurashga qo'shildi. Bosh murabbiy Roberto de Zerbi shaxsan o'zi Tonalini jamoasida ko'rishni istamoqda.
Qayd etilishicha, "taqachilar" Sandro uchun da'vogar bo'lgan "Manchester Siti" va "Arsenal" bilan raqobat qilishga tayyor. Avvalroq "Nyukasl" bosh direktori Tonali haqida shartnomasi bor har qanday futbolchi klub shartlari asosida jamoadan ketishini aytib o'tgandi.