"Nyukasl" yozda asosiy tarkibdagi uch nafar muhim futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqida The Chronicle xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, klub himoyachilar Lyuis Xoll va Tino Livramento, shuningdek, yarimhimoyachi Sandro Tonalini sotish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Bu qarorga asosiy sabab — moliyaviy barqarorlikni ta'minlash va APL doirasidagi yangi SCR qoidalariga moslashish uchun amalga oshiriladi.
Biroq bu futbolchilardan hech biri jamoani tark etish istagini ommaviy ravishda bildirmagan.
O'tgan mavsumda "Nyukasl" APLni 38 ta o'yinda 49 ochko to'plab, 12-o'rinda yakunladi.
Keyingi mavsumda jamoa evrokuboklarda ishtirok etmaydi, bu esa klubning moliyaviy holati va transfer siyosatiga ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda.