Bugun
13
O'zbek

Amorim — "Milan" bosh murabbiyi (Romano)

Futbol
15 iyun, 06:19
Portugaliyalik mutaxassis Italiya klubida yiliga 3,5 mln yevro maosh oladi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Amorim — "Milan" bosh murabbiyi (Romano)
Фото: Getty Images

"Milan" Ruben Amorimni jamoa bosh murabbiyi etib tayinlaydi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, portugaliyalik 41 yoshli mutaxassis Italiya klubi bilan 2028 yilning iyunigacha bitim imzolaydi. Tomonlar kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Amorim yangi klubida soliq chegirmalarini hisobga olgan holda yiliga 3,5 mln yevro maosh oladi.

Qayd etilishicha, tomonlar shu haftada shartnomani imzolashlari kerak. Ruben "Milan"da Massimiliano Allegri o'rnini egallaydi.

Amorim avvalroq 2024 yilning noyabridan 2026 yilning yanvarigacha "Manchester United" jamoasini boshqargan.

Bugungi yangiliklar