Bugun
13
O'zbek

«Andijon»da infratuzilmaga gap yo'q, baza qoyilmaqom darajada, Islom Ahmedovni qo'llab-quvvatlaymiz» - Dragan Cheran

Eksklyuziv
15 iyun, 04:29
Tribuna.uz muxbiri serbiyalik 39 yoshli futbolchi bilan suhbatlashdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
«Andijon»da infratuzilmaga gap yo'q, baza qoyilmaqom darajada, Islom Ahmedovni qo'llab-quvvatlaymiz» - Dragan Cheran
Фото: Андижон ПФК

«Andijon» klubi safida tajribali futbolchilar bisyor. Ulardan biri sifatida alohida ajralib turadigan bu – Dragan Cheran.

O'zbek futbolida yorqin taassurot qoldirgan serbiyalik hujumchi joriy mavsum boshidan «Burgutlar» sharafini himoya qilib kelyapti. Garchi u bu yil 39 yoshni qarshi oladigan bo'lsa ham, Cheran professionalligi va tajribasi bilan yoshlarga ham o'rnak bo'lmoqda va jamoa uchun foydali o'yinchiligini ko'rsatib kelyapti.

Cheran bir qator savollarga javob berar ekan, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Dragan, ayni paytda yozgi yig'in qanday davom etmoqda? Asosiy e'tibor nimaga qaratilmoqda?

- Hozircha hammasi joyida. Kunda ikki martalik rejim asosida shug'ullanmoqdamiz. Odatda, yig'inning boshlanishi doim zo'r kechadi: jismoniy holat, kayfiyat joyida bo'ladi. Mashg'ulotlar ham shunga mos ravishda o'tib, murabbiyning hamma ko'rsatmalarini bajarib kelyapmiz.

- 11 ta turdan so'ng qanday xulosalarga ega bo'ldingiz?

- Jamoa tarkibidagi aksar futbolchilar yangi. Tanishish uchun vaqt kerak edi. Hozir ancha chiqishib qoldik. Avvaliga o'yinimizda biroz pasayish kuzatildi. Beshta o'yindan so'ng hammasi joyiga tushib, yaxshi o'yin va sifatni ko'rsata boshladik.

- «Andijon»ning o'z maqsadiga erishish yo'lidagi potensialini qanday baholaysiz?

- Qadam-ba-qadam o'yinimiz iziga tushdi va shu ruhda davom etyapmiz. O'ylaymanki, potensialimiz katta.

- «Andijon»dagi faoliyatingiz davomida sizga ko'proq nima yoqyapti?

- Klubdagi muhit yoqmoqda, bir-birimizni tushunyapmiz, hurmat qilyapmiz va bu futboldagi eng muhim omillardan biridir.

- Aytishga, farzandlaringizni ham futbolchi bo'lishini xohlaysizmi?

- Ular Toshkentda yashashganida «Paxtakor»da shug'ullanishdi. Hozir yurtimizda shug'ullanishyapti. Eng asosiysi, ular futbolni sevishadi va ularning shakllanishiga yordam berishni o'zimmning vazifam deb hisoblayman.

- Klub infratuzilmasi va bazadagi sharoitlar borasida fikringiz qanday?

- Infratuzilmaga gap yo'q, baza qoyilmaqom darajada!

- Islom Ahmedov bosh murabbiy etib tayinlangach, jamoada nimani o'zgartirdi?

- Islom Ahmedov - yosh, yaxshi murabbiy. Uni qo'llab-quvvatlaymiz. Umid qilamanki, birga o'sib boraveramiz, o'yinga bo'lgan yondashuvimiz ham yaxshi tomonga o'zgarib, endi hujumkor o'yin ko'rsatyapmiz.

- Jahon chempionatini kuzatayotgandirsiz-a?

- Hozir tomosha qilish og'ir. Chunki aksar o'yinlar kech boshlanyapti. Shu bois ko'proq natijalarga ko'z yugurtirib qo'yapman.

- O'zbekiston milliy jamoamizning mundialdagi imkoniyatlarini qanday baholayapsiz?

- O'zbekiston har bir kundan huzur olmoqi kerak. Ular birgalikda tarixni yozishni boshlayotganlarini his qilishlari maqsadga muvofiq. O'z navbatida muxlislar ularni qahramonlardek qabul qilishlari va shunday nufuzli musobaqada yurt sha'nini himoya qilayotganlari uchun hurmat qilishlari zarur.

- Siz uchun mundialdagi yaqqol favoritlar kimlar?

- Favoritlar ko'p. Menimcha, Fransiya bilan Ispaniya oxirigacha kurashishadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Andijon Andijon
Bugungi yangiliklar