Niderlandiya milliy jamoasi sardori Virjil van Deyk Yaponiyaga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin haqida fikr bildirdi.
«O‘yinning so‘nggi daqiqalarida chuqur himoyaga o‘tdik. Lekin o‘yindagi vaziyat shunga majbur qilganini bilib turibmiz. Raqib ko‘p imkoniyat yaratmadi, biroq bor imkoniyatlaridan maksimal foydalandi.
Burchak zarbasidan to‘p o‘tkazib yuborganimiz esa alamli bo‘ldi. Endi bor e’tiborimizni Shvetsiyaga qarshi o‘yinga qaratamiz. Biz shunchaki oldinga intilishda davom etishimiz kerak. Bu hali boshlanishi, biz turnirga yaxshi qo‘shilib ketishimiz zarur. Umid qilamanki, oldinda hali ko‘p o‘yinlarimiz bor», — deya Van Deykning so‘zlaridan keltiradi FIFA rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya milliy jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘yinning so‘nggi daqiqalarida o‘tkazib, g‘alabani boy berdi.