Bugun
13
O'zbek

JCH-2026. 6 ta gol urilgan bahsda Shvetsiya Tunisni yirik hisobda taslim etdi

Futbol
14 iyun, 23:59
Potter shogirdlari ushbu g'alabadan so'ng guruhda yakka peshqadam bo'lib oldi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
JCH-2026. 6 ta gol urilgan bahsda Shvetsiya Tunisni yirik hisobda taslim etdi
Foto: Getty Images
14.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Shvetsiya Shvetsiya 5 : 1 Tunis Tunis

2026 yildagi jahon chempionatida F guruhi 1-tur bahslari yakuniga yetdi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Shvetsiya milliy jamoasi Tunisga qarshi maydonga tushib, 5:1 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi. Yevropaliklar safida gollarga Ayari (dubl), Isak, Gokeresh va Svanberg mualliflik qilgan bo'lsa, afrikaliklarning yagona goli Rekik nomiga qayd etildi.

Eslatib o'tamiz, ushbu guruhdagi ilk bellashuvda Niderlandiya Yaponiya bilan 2:2 hisobidagi jangovar durangga imzo chekkan edi.

JCH-2026. F guruhi. 1-tur
15 iyun. Monterrey. «Estadio BBVA»
Shvetsiya — Tunis 5:1
Gollar:
Ayari 7, 90+6 (dubl), Isak 30, Gokeresh 60, Svanberg 84 — Rekik 43.

Shvetsiya Nordfelt, Hien, Lindelyof, Lagerbirk, Bernhardson, Karlstrom, Ayari, Gudmundson, Nigren, Isak, Gokeresh.
Tunis — Shamah, Valeri, Ben Hmida, Talbi, Rekik, Abdi, Shhiri, Hedira, Mejibri, Saad, Ben Slimane.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Shvetsiya Shvetsiya
  • Tunis Tunis
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar