UFCning engil vazndagi yangi chempioni Jastin Geyji Iliya Topuriyaga qarshi jangdan so'ng ilk fikrlarini bildirdi.
«Topuriya juda ajoyib jangchi. Men birinchi raundning o'zidayoq bu jang qiyin bo'lishini tushundim. Lekin jang o'rtasiga kelib, uni yutish mumkinligini angladim. Keyin esa ustunlikni qo'lga oldim.
Men bugun nima bo'lganda ham yutqazmasligim kerak deb qaror qilgandim va bunga erishdim», — dedi Geyji.
Ma'lumot o'rnida, Jastin UFC Freedom 250 turnirining asosiy jangida Topuriyani texnik nokaut bilan mag'lub etib, engil vazn toifasida chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.