Bugun
22
O'zbek

Kuman: "Yaponiya juda kuchli va yuqori sifatli jamoa"

Futbol
15 iyun, 01:40
Niderlandiya bosh murabbiyi "samuraylar"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Kuman: "Yaponiya juda kuchli va yuqori sifatli jamoa"
Foto: Getty Images
14.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Niderlandiya Niderlandiya 2 : 2 Yaponiya Yaponiya

Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman jahon chempionati guruh bosqich 1-turidagi Yaponiya qarshi o'yin (2:2)dan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Hisobda ikki bor oldinda bo'lganimizni hisobga olsak, natijadan to'liq qoniqish hosil qilmadim. Lekin ikkala jamoa yaratgan vaziyatlar soniga qarasak teskari holatni aytishim mumkin.

Menimcha, bu juda yuqori saviyadagi o'yin bo'ldi. Shuning uchun durangni to'g'ri qabul qilish mumkin.

Odatda, Yaponiya juda yuqori pressing qiladi. Bugun esa buni faqat hisobda ortda qolayotganida amalga oshirishdi. Ungacha esa yo'q. Menimcha, bu ehtiyotkorlik sabab bo'ldi.

Ikkinchi golni burchak zarbasidan o'tkazib yuborganimiz achinarli. Shunga qaramay, natija — eng muhimi.

Yaponiya juda kuchli va yuqori sifatli jamoa. Bu o'yindan keyin o'rganadigan jihatlarimiz yetarlicha. Shu bilan birga, juda ko'p ijobiy tomonlarni ham ko'rdim", — dedi Kuman.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Niderlandiya Niderlandiya
  • Yaponiya Yaponiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar