Kurasao milliy jamoasi darvozaboni Eloy Rom mundial rekordini o'rnatdi.
Kurasoliklar jahon chempionati guruh bosqich 2-tur doirasida Ekvador bilan 0:0 hisobida durangga imzo chekdi.
Ekvador milliy jamoasi darvoza tomon 28 bor zarba berib, shularning 15 tasi aniq ko'rinish oldi. Lekin darvozabon Eloy Rom o'z darvozasini daxlsiz saqlay oldi va 15 ta seyv amalga oshirdi.
Opta ma'lumotiga ko'ra, Kurasao posboni qo'shimcha vaqtsiz o'tgan o'yinlardagi seyvlar soni bo'yicha (1966 yildan beri statistika yuritiladi) jahon chempionati rekordini o'rnatdi. Bungacha hech kim Rom kabi natija qayd etmagandi.
Ma'lumot o'rnida, Kurasao milliy jamoasi mundialdagi ilk ochkosini qo'lga kiritdi, ammo hali ham guruhda so'nggi o'rinda qolmoqda.