Bugun
17
O'zbek

Akanji: «Endi guruhda birinchi o‘rinni egallashni istaymiz»

Futbol
20 iyun, 17:59
Shveysariya himoyachisi Bosniya va Hersegovina ustidan qozonilgan g‘alabaning ahamiyatini ta’kidladi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Akanji: «Endi guruhda birinchi o‘rinni egallashni istaymiz»
Foto: Getty Images
24.06.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Shveytsariya Shveytsariya - : - Kanada Kanada

Shveysariya milliy jamoasi himoyachisi Manuel Akanji JCH-2026 guruh bosqichining 2-turida Bosniya va Hersegovinaga qarshi uchrashuvdagi 4:1 hisobidagi g‘alabaga munosabat bildirdi.

«Manchester Siti» futbolchisining fikricha, mundialdagi ilk g‘alaba jamoa uchun juda muhim bo‘lgan.

«Turnirdagi ilk g‘alabani qo‘lga kiritish juda muhim edi. Chunki Qatar bilan durangdan keyin OAV va jamoatchilik orasida ko‘plab muhokamalar va tanqidlar paydo bo‘ldi.

Bu futbolning bir qismi, ammo ayrim masalalar kiyinish xonasida qolishi kerak deb o‘ylayman», — dedi Akanji.

Himoyachi jamoa tanqidlarga maydondagi o‘yini bilan javob qaytarganini ham ta’kidladi.

«Biz maydonda sabr-toqat, to‘g‘ri strategiya va muvaffaqiyatli o‘zgarishlar orqali javob berdik. Endi guruhda birinchi o‘rinni egallashni istaymiz. Bu bizga o‘z darajamizni saqlab qolishga yordam beradi», — deya qo‘shimcha qildi futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Shveysariya terma jamoasi ilk turda Qatar bilan durang o‘ynagan edi. Bosniya va Hersegovina ustidan qozonilgan g‘alaba esa jamoaning pley-off yo‘lidagi imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Shveytsariya Shveytsariya
  • Kanada Kanada
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar