Bugun
17
O'zbek

JAR futbolchilari JCHdagi durang uchun 50 ming dollarlik mukofot oldi

Futbol
20 iyun, 17:43
Chexiyaga qarshi bahsdagi natija futbolchilarga qimmatbaho yutuq keltirdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
JAR futbolchilari JCHdagi durang uchun 50 ming dollarlik mukofot oldi
Foto: Getty Images
24.06.2026, 21:00 Jahon chempionati (JCH-2026) JAR JAR - : - Janubiy Koreya Janubiy Koreya

Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) milliy jamoasi futbolchilari JCH-2026 guruh bosqichining 2-turida Chexiyaga qarshi qayd etilgan 1:1 hisobidagi durangdan so‘ng qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Ataque Futbolero xabariga ko‘ra, futbolchilarga umumiy qiymati 50 ming AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan zargarlik buyumlari sovg‘a qilingan.

Eslatib o‘tamiz, JAR mundialdagi ilk uchrashuvda Meksikaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Chexiyaga qarshi qo‘lga kiritilgan bir ochko esa jamoaning pley-off umidlarini saqlab qoldi.

Guruh bosqichining so‘nggi turida Janubiy Afrika Respublikasi Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi.

Mundial guruh bosqichi 27 iyunga qadar davom etadi. Har bir guruhdan dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar hamda eng yaxshi sakkizta uchinchi o‘rin sohiblari pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • JAR JAR
  • Janubiy Koreya Janubiy Koreya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar