Live
3
O'zbek

Romo — Meksika va Janubiy Koreya o‘rtasidagi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi

Futbol
18 iyun, 23:50
Mezbonlar yarimhimoyachi jamoasini pley-offga olib chiqqan golga mualliflik qildi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Romo — Meksika va Janubiy Koreya o‘rtasidagi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi
Foto: Getty Images
18.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Meksika Meksika 1 : 0 Janubiy Koreya Janubiy Koreya

Meksika milliy jamoasi yarimhimoyachisi Luis Romo JCH-2026 2-turidan oʻrin olgan Janubiy Koreyaga (1:0) qarshi oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

31 yoshli futbolchi bellashuvning 50-daqiqasida yagona va hal qiluvchi to‘pni kiritib, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi.

«Gvadalaxara» safida o‘ynayotgan yarimhimoyachi nafaqat goli, balki aniq uzatmalari bilan ham ajralib turdi. U o‘yin davomida 37 ta uzatmaning 32 tasini aniq amalga oshirib, 86 foizlik samaradorlik qayd etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Meksika Meksika
  • Janubiy Koreya Janubiy Koreya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar