«Fiorentina» klubi hujumchi Moyze Kennni jamoda saqlab qolmoqchi, Bu haqida klubga qaytgan sport direktori Fabio Paratichi xabar berdi.
Hujumchi o'tgan mavsumda «Fiorentina» safida sakkizta gol urib, jamoaning raqib darvozasiga eng ko'p tahdid soluvchi o'yinchisi sifatida o'zini ko'rsatdi.
«Ken – «Fiorentina» va Italiya milliy jamoasining boyligi. Biz unga juda bog'lanib qolganmiz. Umid qilamanki, u bizning to'qqizinchi raqamimiz bo'lib qoladi», — deya Paratichining so'zlaridan iqtibos keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o'tamiz, «Fiorentina» o'tgan mavsumni Italiya A Seriyasi chempionati turnir jadvalida 10-o'rinda yakunlagan edi.