"Liverpul" klubi "Leyptsig"ga hujumchi Yan Diomandning transferi uchun 100 mln yevroga yaqin summa to‘lashga tayyorligini ma'lum qildi. Bu haqda The Athletic jurnalisti David Ornshteyn xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, "qizillar" ivuarlik 19 yoshli futbolchi uchun kurashda etakchilik qilmoqda.
Shu bilan birga, mersisaydliklar boshqa hujumchini sotib olish variantini ko‘rib chiqishga tayyor, chunki "RB Leyptsig" Diomandni sotmoqchi emas. "PSJ" ham vingerga da'vogarlik qilmoqda.
O‘tgan mavsumda Diomand barcha turnirlarda 36 ta o‘yinda ishtirok etib, 13 ta gol va 10 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 90 mln yevroni tashkil etadi.