Bugun
8
O'zbek

Munos – "Liverpul" futbolchisi (Romano)

Futbol
17 iyun, 19:02
Uning "Osasuna" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Munos – "Liverpul" futbolchisi (Romano)
Фото: Getty Images

"Liverpul" klubi "Osasuna" vingeri Viktor Munos bilan shartnoma imzolash bo'yicha muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasida kelishuv amalga oshgan. Ispaniyalik 22 yoshli futbolchi mersisaydliklar bilan shartnoma imzolaydi.

Qayd etilishicha, ingliz klubi Munosning shartnomasidagi 40 million yevrolik sotib olish bandini faollashtirgan.

Futbolchi "Real" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'tgan klublar mavsumida u Pamplona klubi tarkibida 36 ta o'yinda maydonga tushib, ettita gol va beshta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Transfermarkt portali futbolchining taxminiy qiymati 30 million yevroni tashkil etadi. Uning "Osasuna" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar