Shotlandiyaning 55 karra chempioni "Reynjers" jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga Derek Makinnes tayinlanganini rasman tasdiqladi.
Qayd etilishicha, mutaxassis bilan shartnoma uch yilga mo'ljallangan.
Derek 1995-2000 yillarda Glazgo klubida futbolchi sifatida to'p tepgan. 2007 yildan murabbiylik faoliyatini boshlagan. Ilk klubi "Sent-Jonston" bo'lgan. Keyinchalik "Bristol Siti", "Aberdin", "Kilmarnok" va "Harts" klublarida ishlagan. Bosh murabbiy sifatida umumiy hisobda 800 dan ortiq o'yin o'tkazgan.
Ma'lumot uchun, "Reynjers"ning avvalgi ustoz Dani Röl "RB Zaltsburg"ni boshqaradigan bo'ldi.