Bugun
8
O'zbek

Arauho JCH-2026 guruh bosqichidagi o‘yinlarni to‘liq o‘tkazib yuborishi mumkin

Futbol
17 iyun, 17:05
Himoyachi boldir mushagidan jarohat olgan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Arauho JCH-2026 guruh bosqichidagi o‘yinlarni to‘liq o‘tkazib yuborishi mumkin
Фото: Getty Images

"Barselona" va Urugvay milliy jamoasi himoyachisi Ronald Arauho katta ehtimol bilan JCH-2026 guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Ispaniyaga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Futbolchi 4 iyun kuni Meksikadagi mashg‘ulotlar bazasiga uchib ketishi arafasida boldir mushagidan jarohat olgan.

Tiklanish jarayonini tezlashtirish maqsadida o‘yinchi hatto o‘zining ishonchli fizioterapevti Xoakin Xuan ko‘rigidan o‘tish uchun Madrid shahriga 10 soatlik ekspress-safar ham uyushtirdi.

Natijaa u Saudiya Arabistoniga (2:2) qarshi bahsni o‘tkazib yubordi. Turnirning 2-turidan o‘rin olgan Kabo-Verdega qarshi bahsda ham qatnashmaydi.

O‘z navbatida Urugvay murabbiylar shtabi ham Ronaldning sog‘lig‘i bo‘yicha tavakkal qilmoqchi emas. Shu bois uning keyingi o‘yinlarda qatnashishi bo‘yicha ortiqcha harakatlar amalga oshirilmaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Urugvay Urugvay
Bugungi yangiliklar