Jahon chempionati 1‑tur oʻyinlari davom etmoqda. Angliya milliy jamoasi Xorvatiyaga qarshi oʻynamoqda.
Maydonda inglizlar safida Keyn oʻynamoqda. Xorvatiya milliy jamoasida esa Modrich ham maydonda.
12-daqiqada Keyn penaltidan hisobni ochdi. Uning dastlabki zarbasini Livakovich qaytardi. Hakim esa 11 metrlik jarima toʻpini qayta amalga oshirishga koʻrsatma berdi. Harri ikkinchi urinishda esa darvozasini aniq nishonga oldi. Xorvatiya nihoyat gol urdi. Ya'ni, 36-daqiqada Baturina muvozanatni tikladi. 42-daqiqada Keyn dublni rasmiylashtirdi. 45+5-daqiqada Petar Musa xorvatlarning ikkinchi golini urdi.
Ikkinchi boʻlimning 47-daqiqasida Bellinghem inglizlarni yana hisobda oldinga olib chiqdi.
JCH-2026. 1-tur
Angliya – Xorvatiya 3:2
Gollar: Keyn 12 penalti, 42, Bellinghem 47 - Baturina 36, Musa 90+5
Angliya – Pikford, Jeyms, Stounz, Konsa, O'Rayli, Anderson, Rays, Bellinghem, Madueke, Gordon, Keyn.
Xorvatiya: Livakovich, Shutalo, Vushkovich, Gvardiol, Stanishich, Modrich, Kovachich, Perishich, Suchich, Baturina, Musa.