Live
1
O'zbek

Koul: «Jamoada superyulduzlar bor, ammo Tuxel — boshliq»

Futbol
17 iyun, 15:40
Angliyalik sobiq yarimhimoyachi Sautgeyt fonida germaniyalik mutaxassisni e'tirof etdi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Koul: «Jamoada superyulduzlar bor, ammo Tuxel — boshliq»
Foto: Getty Images

Angliya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Jo Koul inglizlar bosh murabbiyi Tomas Tuxelning futbolchilar bilan ishlash uslubini maqtadi.

«Menimcha, uning yondashuvi yangilik olib kirdi. Garet Sautgeyt davriga qaytadigan bo'lsak, u biz yo'ldan chiqib ketgan to'rt yillik davrdan keyin kelgandi. O'sha vaqt uncha yaxshi emasdi va qandaydir sabablarga ko'ra futbolchilar darajasi tushib ketgandi.

Shuning uchun bizda shunchaki futbolchilarni jalb qilish, yaxshi munosabatlar o'rnatish va tizim qurish imkoniyati bo'ldi hamda u shu asosda ishladi. Lekin keyin futbolchilar birdaniga super yulduzlarga aylandi va Garetning faoliyati oxiriga kelib, biz go'yoki eski davrga qayta boshladik. Menimcha, u maydonda faqat 11 nafar o'yinchi bo'lmasligini his qilgan bo'lishi mumkin. Ularning ba'zilari endi obro'ga ega, chempionlar edi, shuning uchun Garet eski tizimga qaytish bilan kurashgan bo'lsa kerak.

Tomas keldi va hammasini to'g'ri qildi, biz hammasini yangidan boshlayapmiz. Bizda ajoyib futbolchilar, chempionlar bor va ularning ba'zilari super yulduzlar: Deklan Rays, Harri Keyn, Jud Bellingem, lekin Tomas — boshliq.

Menimcha, u kerakli ishni qildi: o'ziga xos o'yin uslubi va falsafani tanladi. Kerakli futbolchilarni belgiladi va shu yo'ldan boryapti.

Shaxsan men bundan mamnunman, agar u shu yondashuvda davom etsa. Mabodo eski uslubga qaytsa, bu yaxshi natija bermaydi»,
— deya Koulning so'zlarini keltiradi Metro.

Jo Koul
Foto: Getty Images

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar