Live
1
O'zbek

Seballos "Real"ni tark etadi

Futbol
17 iyun, 14:38
Futbolchi "Betis"ga qaytishi mumkin.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Seballos "Real"ni tark etadi
Фото: Getty Images

"Real" yarimhimoyachisi Dani Seballos jamoani tark etadi. Bu haqida insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, ispaniyalik 29 yoshli futbolchi Madrid klubining yangi ustoz Jose Mourinoning rejalariga kirmaydi.

Seballos faoliyatida yangi sahifa ochishga tayyor. Unga "Betis" jiddiy qiziqmoqda.

Futbolchining o'zi ham ushbu klubga qaytishga qarshi emas. Biroq madridliklar uning transferida 7-8 million yevro ishlab olmoqchi bo'lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma'lumot uchun, Dani "Real" bilan shartomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar