"Real" himoyachisi Ferlan Mendi katta ehtimol bilan shu yozda jamoani tark etadi. Bu haqda Diario AS nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Madrid klubi fransiyalik futbolchi bilan shartnomani bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Qayd etilishicha, futbolchining o‘zi "qaymoqranglilar"ga yon bosmaydi va kelishuv bekor qilingani uchun to‘liq tovon puli talab qiladi.
Ma’lumot uchun, Ferlan 2019 yilda "Real"ga "Lion"dan 48 million yevro evaziga o‘tgan. Uning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
O‘tgan mavsumda u "Real" klubi safida barcha turnirlarda to‘qqizta o‘yin o‘tkazgan. Transfermarkt portali Mendining narxini to‘rt million yevroga baholamoqda.