Jahon chempionatining 1-turidan o'rin olgan Fransiya milliy jamoasi Senegal bilan bellashdi.
"Metlayf" stadionidagi kechgan bellashuvda Dide Desham jamoasi 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Mbappe dublga erishdi. Shuningdek, zaxiradan maydonga tushgan Barkolya gol urdi. Senegalning yagona goli Mbaye hisobiga yozildi.
Kilian jahon chempionatlaridagi 14-golini urdi. Olise ikkita assistni qayd etdi.
Shu tariqa, JCH-2018 g'olibi musobaqani g'alaba bilan boshladi. Guruhning ikkinchi o'yinida Iroq va Norvegiya o'zaro bellashadi.
JCH-2026. 1-tur
Fransiya – Senegal 3:1
Gollar: Mbappe 66, 90+6 Barkolya 82 - Mbaye 90+5
Fransiya – Menyan, Kunde, Upamekano, Saliba, Teo Ernandes, Chuameni, Rabio, Olise, Dembele (Barkolya, 80), Mbappe, Due (Sherki, 87).
Senegal – Mendi, Diatta, Niakate, Kulibali, Diuf, Kamara (Diarra, 76), Idrissa Guye, Pap Guye, Sarr (Mbaye, 75), Mane, Jekson (Dieng, 83).