"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher APLda ish boshlashi mumkin. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "Ipsvich Taun" norvegiyalik mutaxassis bilan muzokaralarni boshlashga tayyor.
Shuningdek, "Strasburg" ustozi Gari O'Nil ushbu klubda ish boshlash imkoniyatiga ega.
Avvalroq Saffolk grafligi jamoasini Kiran Makenna boshqargan bo'lib, u o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra ushbu jamoani Angliya Premer-ligasiga olib chiqdi.
Sulsherning murabbiylik ro'yxatidan "qizil iblislar"dan tashqari "Molde", "Kardiff Siti" va "Beshiktosh" klublari ham o'rin olgan.