Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines 2026 yildagi jahon chempionati yakunlangach, o'z lavozimini tark etadi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Martines turnirdan so'ng muddati tugaydigan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilib bo'lgan.
Mutaxassis Angliya Premer-ligasiga qaytish variantlariga ochiq, biroq boshqa biror milliy jamoani boshqarish imkoniyatini ham istisno qilmayapti.
Eslatib o'tamiz, murabbiy muqaddam "Suonsi", "Uigan Atletik", "Everton" klublari va Belgiya milliy jamoasini boshqargan.