Live
2
O'zbek

Masharipov jarohati sabab JCH-2026ni o'tkazib yuboradi

Futbol
16 iyun, 11:01
Uning o'rniga Ruslanbek Jiyanov yakuniy 26 talik ro'yxatga kiritildi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Masharipov jarohati sabab JCH-2026ni o'tkazib yuboradi
Фото: ЎФА

O'zbekiston milliy jamoasi Kolumbiyaga qarshi uchrashuv bilan Jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi. Atlanta shahrida rasmiy mashg'ulotlarini o'tkazib, Mexiko shahriga yo'l oladi.

O'FA matbuot xizmati xabar berishicha, Jaloliddin Masharipov bilan bog'liq holat bo'yicha rasmiy munosabat bildirdi.

«Jaloliddin Masharipov uzoq muddat o'yin amaliyotisiz qoldi va mashg'ulotlarda to'liq ishtirok etolmadi.

Futbolchini tezroq safga qaytarish va tiklash maqsadida tibbiy shtab tomonidan zarur choralar ko'rildi va individual tayyorgarlik dasturi asosida ish olib borildi.

O'tkazilgan tibbiy tekshiruvlar tahlili FIFA tibbiy qo'mitasiga taqdim etildi. Qo'mita holat yuzasidan o'rganish olib bordi va futbolchimizning Jahon chempionatida ishtirok etolmasligini ma'lum qildi. Uning o'rniga yakuniy ro'yxatga Ruslanbek Jiyanov kiritildi.

Jaloliddin Masharipovga tezroq sog'ayib, safga qaytishini tilab qolamiz», - deyiladi O'FA xabarida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Bugungi yangiliklar