Bugun
14
O'zbek

Yo'ldoshev: «Mening milliy jamoadan qolishim tashqi ko'rinishim, soch yoki soqolim bilan bog'liq emas»

Futbol
14 iyun, 02:50
O'zbekistonlik himoyachi yakuniy qaydnomaga kirmagani borasida ayrim muxlislar fikriga javob yo'lladi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Yo'ldoshev: «Mening milliy jamoadan qolishim tashqi ko'rinishim, soch yoki soqolim bilan bog'liq emas»
Foto: Getty Images

O'zbekistonlik himoyachi Ibrohimhalil Yo'ldoshev jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomaga kirmagani borasida ayrim muxlislar fikriga javob yo'lladi.

«Assalomu alaykum, hurmatli muxlislar. Sizlardan bir narsa so'rab o'tmoqchi edim.

Izohlarda o'qiyapman, ayrimlar milliy jamoadan chetda qolganimga tashqi ko'rinishimni sabab qilib, salbiy fikrlar bildirishyapti. Lekin bu gap qayerdan chiqqanini bilmayman. Bunday holat bo'lgani yo'q.

Mening milliy jamoadan qolishim tashqi ko'rinishim, soch yoki soqolim bilan bog'liq emas. Buning sababi jarohat bilan bog'liq vaziyat edi, xolos.

Sizlardan turli taxminlar va asossiz gaplarga ishonmasligingizni so'rab qolardim», — dedi Yo'ldoshev. Avvalroq Ibrohimhalil tekshiruvdan so'ng bir oy davolanishini aytishgani haqida gapirib o'tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Bugungi yangiliklar