Bugun
14
O'zbek

Montella: "Ular himoyada yotib, qulay vaziyat kutishini bilardik"

Futbol
14 iyun, 04:00
Turkiya bosh murabbiyi Avstraliyaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Montella: "Ular himoyada yotib, qulay vaziyat kutishini bilardik"
Foto: Getty Images
14.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Avstraliya Avstraliya 2 : 0 Turkiya Turkiya

Turkiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Vinchenzo Montella jahon chempionati guruh bosqich 1-tur doirasidagi Avstraliyaga qarshi o'yin (0:2)dan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin taktik jihatdan kutganimizdek kechmadi. Ular himoyada yotib, qulay vaziyat kutishini bilardik. Ular qarshi hujumlardan foydalandi. Ikkita gol o'tkazib yubordik va natijadan juda xafamiz.

Jamoamiz maydonda chin yurakdan o'ynadi. Agar shu ruhda davom etsak, istalgan natijalarga erisha boshlaymiz. Keyingi o'yinda yaxshiroq harakat qilamiz", — deya Montellaning so'zlarini keltiradi A Spor.

Ma'lumot o'rnida, guruh bosqichining 2-turida Turkiya 20 iyun kuni Paragvayga qarshi maydonga tushadi. 3-turda esa jamoa 26 iyun kuni AQSh bilan kuch sinashadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Avstraliya Avstraliya
  • Turkiya Turkiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar