"Manchester United" sobiq bosh murabbiyi Ruben Amorim "Milan"ni boshqarishni xohlamoqda. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Amorim "Milan" bilan muhokama qilingan barcha shartlarga rozi bo'lishga tayyor. 41 yoshli mutaxassis ushbu lavozimni qo'lga kiritishni istamoqda va milanliklardan yakuniy qarorni kutmoqda.
Amorimning so'nggi ish joyi "Manchester United" bo'lib, u jamoani 2024 yil noyabr oyidan 2026 yil yanvar oyigacha boshqargan. Avvalroq Amorim "Benfika"ni boshqarmasligi ma'lum qilingandi.