Bugun
14
O'zbek

Vitinya: "Biz chempionlik uchun da'vogarmiz, ammo asosiy favorit emasmiz"

Futbol
14 iyun, 04:30
Portugaliya yarimhimoyachisi jahon chempionatida jamoasining imkoniyati haqida fikr bildirdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Vitinya: "Biz chempionlik uchun da'vogarmiz, ammo asosiy favorit emasmiz"
Foto: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasining yetakchi yarimhimoyachilaridan biri Vitinya jahon chempionatida jamoasining imkoniyati haqida fikr bildirdi.

"Portugaliya — eng yuqori darajadagi jamoa. Milliy jamoada dunyoning eng kuchli klublarida o'ynaydigan ko'plab ajoyib futbolchilar bor.

Biz chempionlik uchun da'vogarmiz, ammo asosiy favorit emasmiz. Mundialda o'z salohiyatimizni to'liq namoyon qilishimiz kerak", — deya yarimhimoyachining so'zlarini keltiradi A Bola.

Ma'lumot o'rnida, Portugaliya guruh bosqichida O'zbekiston, Kolumbiya va Kongo DR jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Roberto Martines shogirdlari ilk o'yinni 17 iyun kuni Afrika jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar