Bu haqda Sport.es xabar berdi.
Madridning «Real» klubi «Chelsi» jamoasining chap qanot himoyachisi Mark Kukurelyaga qiziqish bildirmoqda. Ispaniyalik futbolchi yaqin haftalarda London klubini tark etishi mumkin.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «aristokratlar» 27 yoshli o‘yinchini 60 mln evaziga qo‘yib yuborishi mumkin. «Qaymoqranglar» Kukurelya uchun kurashda raqiblarini, xususan, Madridning «Atletiko» va «Barselona»ni ortda qoldirishni xohlaydi, chunki uning nomzodi bosh murabbiy Joze Mourinioga ma’qul kelmoqda.
O‘tgan mavsumda Kukurelya barcha musobaqalarni inobatga olganda 50 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 50 mln yevroga baholamoqda.