Germaniya milliy jamoasi sardori va yarimhimoyachisi Yozua Kimmix nemislarning jahon chempionatidagi ilk o‘yini arafasida musobaqa, jamoadagi holat va asosiy maqsad haqida gapirdi.
«Biz yana bir bor Germaniya biz bilan faxrlanishini istaymiz Mana shu asosiy maqsadimiz hisoblanadi. Bu yerda butun mamlakatimiz nomidan ishtirok etishimizni yaxshi bilamiz. Yirik turnirda Germaniya nomidan qatnashish — butkul boshqa masala. Bizda Germaniyaga quvonch va hayajon ulashish uchun ulkan imkoniyat bor. Jamoa sardori sifatida mening vazifami biroz o‘zgardi.
Jamoamizdagi ijobiy energiyani his qilyapman. Agar biz bor kuchimiz bilan harakat qilsak, chin qalbdan, qat’iyat va ishtiyoq bilan o‘ynasak, ehtimol, bu energiyani butun mamlakatga yetkazib bera olarmiz hamda JCH-2006dagidek holat takrorlanar. O‘sha mundialni bolaligimda o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rganman va barchasini o‘zimda his qilganman. Maydonda bizga qiyin bo‘ladigan holatlar ham bo‘ladi, albatta. Mamlakat bizni qo‘llab-quvvatlayotganini sezib turish, bizga katta yordam berishi mumkin», - deya Kimmix so‘zlarini keltirdi Bild.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya milliy jamoasi E guruhida Kyurasao, Kot‑d’Ivuar va Ekvador jamoalariga qarshi maydonga tushadi.