Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Jahon chempionati-2026da hakamlik qilish uchun tashrif buyurgan, ammo Amerika Qo‘shma Shtatlariga kirishga ruxsat berilmagan somalilik FIFA hakami Omar Abdulqodir Artan musobaqadagi ishtiroki uchun belgilangan maoshini to‘liq oladi.
Manbaga ko‘ra, Artanning jahon chempionatida ishtirok etmaganiga qaramay, FIFA uning maoshini to‘lab berishga va’da berdi. Hakamlar jahon chempionatida ishlagan o‘yini uchun aniq maosh miqdorini bilishmaydi, chunki to‘lovlar musobaqa yakunlangandan so‘ng amalga oshiriladi.
2025-yilda Afrika futbol konfederatsiyasi (KAF) tomonidan yilning eng yaxshi futbol hakami deb topilgan Omar Artan, 12-avgust kuni Avstriyaning Zalsburg shahrida «Pari Sen-Jermen» va «Aston Villa» o‘rtasidagi UYEFA Superkubogi o‘yinini boshqarib borishi kutilmoqda.
Avvalroq Omar Artan AQSHga kirishga ruxsat ololmagandi. Artan diplomatik pasport bilan mamlakatga, Mayami xalqaro aeroportiga kelgan, ammo unga kirishga ruxsat berilmagan. Natijada hakamni Turkiyaga qaytarib yuborishgan.