Live
3
O'zbek

Veron JCHda Argentinani Messidan foydalanishda ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

Futbol
14 iyun, 09:18
Argentina milliy jamoasining sobiq a’zosi 38 yoshli sardor JCHning barcha o‘yinida harakat qila olmaydi deb hisblaydi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Veron JCHda Argentinani Messidan foydalanishda ehtiyot bo‘lishga chaqirdi
Foto: Gettyimages

Argentina milliy jamoasining sobiq futbolchisi Xuan Sebastiyan Veron 38 yoshli Lionel Messi jahon chempionati-2026ning barcha bahslarida o‘ynay olishiga ishonmayapti.

«Murabbiylar Messi va uning jahon chempionatidagi ishtirokiga ehtiyot bo‘lish zarur. U musobaqaning barcha o‘yinlarini o‘tkaza olishiga ishonmayman [uning yoshini inobatga olsak]. O‘ylashimcha, biz unga yordam berishimiz kerak va uning o‘zi ham bu yordamni qabul qilish zarur. Bu ham oson bo‘lmaydi…

Hozir Xulian [Alvares], Lautaro [Martines] va Enso [Fernandes] ajoyib sport formasida. Bundan tashqari yosh, iqtidorli futbolchilarga ham e’tibor berish kerak — Pas hozir yaxshi holatda, «Flako» Lopes ham», - deya Veron so‘zlaridan iqtibos keltirdi dataref X ijtimoiy tarmog‘ida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar