Bugun
7
O'zbek

Senesi Balerdi o'rniga Argentina milliy jamoasiga chaqirildi

Futbol
11 iyun, 16:20
Bu haqda milliy jamoa matbuot xizmati ma'lum qildi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Senesi Balerdi o'rniga Argentina milliy jamoasiga chaqirildi
Фото: Getty Images

«Tottenhem» himoyachisi Markos Senesi Argentina milliy jamoasining JCH-2026 uchun qaydnomasi kiritildi. Bu haqda milliy jamoa matbuot xizmati ma'lum qildi.

29 yoshli futbolchi jarohat olgan «Marsel» himoyachisi Leonardo Balerdini almashtiradi.

Senesi Argentina milliy jamoasi safida shu vaqtgacha uchta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan.

Yakunlangan mavsumda himoyachi «Bornmut» sharafini himoya qilgan edi. Markos barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Transfermarkt portali taqdim etgan ma'lumotlarga ko‘ra, futbolchining ayni paytdagi qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
Bugungi yangiliklar